Toshkentda majburiy badal va ijara uchun undirilgan mablagʻni oʻzlashtirgan shirkat aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.A.” uy-joy mulkdorlari shirkati sobiq rahbari O.D. ushbu shirkatga biriktirilgan koʻp qavatli uylarda yashovchi aholidan majburiy badal uchun undirilgan 101,1 mln. soʻm naqd pullarni hamda ijaraga berilgan koʻp qavatli uylar yertoʻlasi uchun toʻlov qilingan 217 mln. soʻmni kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring