Toshkentda mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʻrnatgan xonadonlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “Allon” va “Yuqori Beshqoʻrgʻon” MFYda yashovchi fuqarolar D.K. va M.Sh. oʻz uylarining yertoʻlasida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 211,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatli oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring