Toshkentda “Lada Largus” yonib ketdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida “Lada Largus” rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 17-iyul kuni soat 19:15 larda Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasida sodir boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin transport vositasidagi qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqan. Alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
“Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar boʻlmagan”, deyiladi xabarda.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida “Isuzu” rusumli yuk mashinasi yoʻl-transport hodisasiga uchrab, yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring