Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro М.Н. fuqaro А.А.га 15 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotayotgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi hamda Chilonzor tumanidagi xonadonidan oʻtkazish maqsadida saqlab kelingan jami 2 317 dona “Zardeks” va 35 dona “Karbamazepin”, shuningdek fuqaro А.А.нинг yonidan yana 29 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring