Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
19-dekabr kuni “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.
Tadbirda BMT Bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.
Kafti ochiq qoʻl koʻrinishida metalldan ishlangan ushbu oʻn ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring