Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi
Foto: Telegram
Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12-avgust soat 11:57 da Toshkent shahar Bektemir tumani, Rohat koʻchasida joylashgan, koʻp qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:06 da yetib borib, yongʻin 12:12 da oʻchirildi.
Xabarda yongʻin natijasida xonadonning uy-jihozlar va 20 kv.m maydonda ichki qismi zararlangani aytildi. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Avvalroq 11-avgust kuni “Uch qahramon” bozorida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring