Toshkentda koʻp qavatli uyda gaz portladi
3-oktabr kuni soat 22:13 da Toshkent shahrining Chilonzor tumanining yettinchi kvartalidagi 59-uyda gaz portlashi sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, gaz yetti qavatli yangi binoning ikkinchi kirish qismida portlagan. Talofat oqibatlarini bartaraf etish uchun voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib kelgan.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, uy aholisi jabrlanmagan, qurbonlar boʻlmagan, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, portlash bir vaqtning oʻzida bir nechta kvartiralarga qisman zarar etkazgan. Ularda deraza va eshiklar shikastlangan. Hozir maxsus xizmat mutaxassislari favqulodda vaziyat sabablarini oʻrganmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring