Toshkentda Kichik halqa yoʻlida harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi
Foto: Illustrativ foto
Bu borada Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 17-yanvar kuni tasdiqlandi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kmgacha pasaytirilmoqda.
Jumladan, poytaxtdagi Kichik halqa yoʻli ichida joylashgan koʻchalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring