Toshkentda kanalda choʻkayotgan ikki yashar bola va uning onasi qutqarildi
Bugun, 17:30 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Anhor” kanalida ikki yashar bola va uning onasi choʻkayotganda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ona va bolaga tibbiy yordam koʻrsatildi, hozirda ona-bolaning ahvoli qoniqarli, harbiy vrachlar nazoratida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring