Toshkentda “КамАЗ” qarshi yoʻlakka chiqib ketib, “Lacetti” bilan toʻqnashdi
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Toshkentda yuk mashinasi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻlakka chiqib ketdi va “Lacetti” bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 22-dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent halqa yoʻlining Sergeli hududidan oʻtgan qismida 21 yoshli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketgan hamda “Lacetti” bilan toʻqnashgan.
Qayd etilishicha, yuk mashinasi haydovchisi avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring