Toshkentda YTHga uchragan BYD yonib ketdi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida BYD rusumli elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 19-noyabr kuni soat 22:58 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani “Dilobod MFY” 6-dahasida yuz bergan. Shahar FVBga yoʻl-transport hodisasiga uchragan elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:04 da yetib borib, soat 23:06 da alangani bartaraf etgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring