Toshkentda yoʻlovchining yonidan sovuq qurollar topildi
Foto: Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
2022-yil 6-fevral kuni soat 16:00 larda, Bektemir tumanida joylagan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari R.Tilepov va I.Djumaboyevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yoʻlovchi, 1997-yilda tugʻilgan T.A.ning yonidan, oʻtkir tigʻli pichoq hamda pnevmatik qurol shuningdek, avtomobil salonidan, koʻlda yasalgan temir “bita” topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, yoʻlovchi hamda haydovchi va aniqlangan sovuq qurollar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring