Toshkentda yo‘lovchi avtobusi daraxtga urilib ketdi
26 iyul kuni taxminan soat 14:50 da poytaxtimizda yo‘lovchi transporti ishtirokida yo‘l harakati hodisasi ro‘y berdi. 11-yo‘nalishdagi avtobus daraxtga borib urilishi oqibatida, daraxt uning ustiga qulab tushgan. Bu haqida Repost xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, jabrlanganlar tez yordam mashinalarida olib ketilgan. Ularning soni aniq emas.
Hodisa joyida FVV xodimlari ishlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring