Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi
Bugun, 14 may kuni soat taxminan 8:30lardar Toshkent shahri, Chilonzor tumani 19-dahasida “Mercedes-Benz” rusumli yo‘lovchi avtobus yonib ketdi.
Bu haqda “Repost” intenet nashri xabar tarqatdi. Manbga ko‘ra, baxtsiz hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Avtobusda yong‘in chiqishi bilan yo‘lovchilar transport vositasini tark etishga ulgurgan.
Transport vositasida yong‘in nimadan kelib chiqqani ma’lum emas. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring