Toshkentda yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarining “yama”siga chek qoʻyildi

06:21 24 Mart 2023 Jamiyat
619 0

Bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar bojxona boshkarmasi Kontrabandaga karshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Yashnobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbirda fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi avtogaraj hududidan chiqayotgan vaqtida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilishi natijasida bu yerda 1000 quti tamaki mahsulotlari borligi maʼlum boʻldi.

Shundan soʻng, garajning yertoʻlasi koʻzdan kechirilganida, yertoʻladan tamaki mahsulotlarini “yama” sifatida saqlash uchun foydalanib kelinganligi fosh boʻldi.

Koʻzdan kechiruv davomida bu yerda Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan kirilgan 5 turdagi 87 ming 500 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda saqlanayotgan maʼlum boʻldi.

Ushbu holatda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida olib qoʻyilgan 88 ming 500 quti sigaretlarning umumiy qiymati 2 mlrd. 175 mln. soʻmni tashkil etmoqda.

Navbatdagi oʻtkazilgan tezkor tadbirda Chilonzor tumandagi avtoturargohlardan birida “Isuzu” rusumli yuk transport vositasiga yuklash uchun hozirlanayotgan 7 dona karton qutilar koʻzdan kechirilganida, Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan qiymati 60 mln. soʻmlik 5000 quti tamaki vositalari borligi aniqlandi.

Eslatib oʻtamiz, poytaxt bojxonachilari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida aniqlangan 5 ta holatda qiymati salkam 2,5 mlrd. soʻmlik 113 ming 970 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib oʻtilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qoʻyishdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер