Toshkentda ikkita yoʻlovchi avtobusi toʻqnashib ketdi. Jabrlanganlar bor

19:17 14 Iyun 2024 Jamiyat
600 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Sergeli tumanida ikkita yoʻlovchi avtobusi toʻqnashib ketishi oqibatida 4 kishi jabrlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun 14-iyun kuni soat 16:14 larda 131-sonli yoʻnalish haydovchisi R.B boshqaruvidagi avtobus Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasi boʻylab harakatlanib, piyodalar oʻtish yoʻlagida piyodani oʻtkazish uchun toʻxtagan vaqtda, orqadan oraliq masofa saqlamay harakatlanib kelayotgan 58-sonli yoʻnalish haydovchi K.B boshqaruvidagi avtobus kelib urilishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, ushbu yoʻl-transport hodisasi natijasida avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan, avtobuslar texnik shikastlangan.

“Sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB MDX tezkor guruhi xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер