Toshkentda Hi-tech uslubida bunyod etilgan masjid ochildi

17:21 10 Mart 2024 Jamiyat
1218 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Hasanxon qori jome masjidi qayta barpo etildi.

Hi-tech uslubida qurib bitkazilgan bu masjid namozxonlarga bayram tuhfasi boʻldi. Masjid uch qavatdan iborat. Avval uzogʻi 800 namozxonni sigʻdira olgan masjidda endilikda bir vaqtning oʻzida 4000 kishi ibodat qila oladi.

Masjid qurilishiga 2021-yilda tamal toshi qoʻyilgan boʻlib, saxovatpesha homiylar hamda koʻngilli kishilar koʻmagida hashar yoʻli bilan bitkazildi.

Bino ichida shuningdek, maʼmuriyat, kutubxona kabi zarur xonalar, mahalliy hamda xorijlik turist ayollar uchun tahoratxona va namozxona tashkil etilgan.

Masjidga Najmiddin Hasanov imom etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер