Toshkentda harakatsiz turgan “Lacetti” yonib ketdi

13:38 27 Dekabr 2024 Jamiyat
267 0

Foto: IIBB YHXB

Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Lacetti” rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27-dekabr kuni soat 08:35 larda Yangihayot tumani Yangi umid MFY 2-hudud 46-uy orqa qismida harakatsiz turgan “Lacetti” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohat olmagan.

“Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер