Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi

16:51 27 Noyabr 2018 Jamiyat
2865 0

Poytaxtimizdagi “Damariq” kanalining Olmazor tumani, “Taraqqiyot” koʻchasidan oqib oʻtuvchi qismida “Soy boʻyi sayilgohi” dam olish maskanini barpo etish loyihasi asosida obodonlashtirish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi maʼlumotlariga koʻra, loyiha buyurtmachisi etib “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan. Buyurtmachi bilan bosh pudratchi oʻrtasida shartnoma imzolangan boʻlib, loyihaning umumiy hajmi 17 064 042 000 soʻmni tashkil etadi. Shundan 4 775 000 000 soʻm mablagʻ joriy yilda koʻzda tutilgan tadbirlarga sarflanadi.

Dam olish maskani barpo etilishiga tamal toshi qoʻyilishi arafasida “Damariq” kanali atrofida noqonuniy qurilmalar aniqlanib, 18 ta turar va 9 ta noturar joy obyekti buzildi, daraxtlarga shakl berildi, kanal atrofi obodonlashtirildi.

Eʼtiborlisi, “Soy boʻyi sayilgohi” dam olish maskanida jahonning turfa shaharlari ramzlariga aylangan — Parij shahridagi Eyfel, Londondagi Big Ben, Buxoroi sharifdagi Minorai Kalon singari dunyoga dongʻi ketgan obidalar qiyofasini aks ettiruvchi binolar ham bunyod etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер