Toshkentda “Gentra” maktab oʻquvchisini urib ketishiga bir baxya qoldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Gentra” avtomobili maktab oʻquvchisini urib yuborishiga bir baxya qolgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, olib borilgan oʻrganishlar natijasida mazkur holat Toshkent shahar Sergeli tumanida sodir boʻlgani aniqlanib, “Gentra” avtomobili vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
“Bola kelayotgan ekan. Sumkasiga turtilib ketdim. U bola oʻtib ketgandan keyin, unga jarohat yetmagani uchun yoʻlimda davom etdim. Bunaqa holatlarda toʻxtash kerakligini bilmagandim. Boshqa bunday ish qilmayman. Kechirim soʻrayman”, — degan haydovchi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB masʼullari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring