Toshkentda faоliyati toʻxtatilgan kafe yonib ketdi

09:00 19 Yanvar 2022 Jamiyat
1056 0

Joriy yilning 18-yanvar kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida faoliyati toʻxtatilgan kafeda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yongʻin soat 18:08 da Beshyogʻoch koʻchasidagi kafeda sodir boʻlgan. Voqea joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv guruhi soat 18:15 da yetib kelgan, yongʻin soat 18:30da mahalliylashtirilgan va 18:33 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida bino ichidagi 50 kvadrat metrga yaqin chiqindilar yonib ketgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер