Toshkentda “Equinox” yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar FVB
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida “Equinox” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 16-iyul kuni soat 00:08 da Mirzo Ulugʻbek tumani Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasida avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:11 da yetib borib, 5 daqiqa ichida yongʻinni bartaraf qilgan.
FVBga koʻra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring