Toshkentda eng baland attraksion foydalanishga topshirildi

18:40 22 Dekabr 2018 Jamiyat
6415 0

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”

Dilshod Ulugʻmurodov, “Xalq soʻzi Online”/Toshkent. “Anhor-Lokomotiv” parkida yangi attraksion ishga tushirildi.

Aytish kerakki, mazkur qurilma yurtimizdagi eng baland hisoblanadi. Yaʼni “Anhor yulduzi” nomli mazkur charxpalakning eng baland nuqtasi 72 metrni tashkil etib, unda 48 ta yopiq kabinalar mavjud.Shundan 8 tasi “VIP” turda boʻlib, uning oddiy kabinalardan farqi toʻrt kishiga moʻljallangan va yumshoq oʻrindiqlar bilan jihozlangan. Oddiy kabinalar esa oʻz ichiga 6 kishini sigʻdiradi.

Kabinalar oʻziga xos illyuminatsiyalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga, undan poytaxtimiz manzarasini tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Bir vaqtning oʻzida 272 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan charxpalakning toʻliq aylanish vaqti 12 daqiqani tashkil etadi.

Bogʻ mutasaddilarining aytishicha, charxpalakda bir marta aylanish narxi oddiy kabinalar uchun 12, “VIP” uchun 20 ming soʻm etib belgilangan.

Фото: Ҳасан Пайдоев, "Халқ сўзи"
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер