Toshkentda enaga ayol uy egasining 3 700 AQSH dollar pullarini oʻgʻirladi

09:00 12 Iyul 2020 Jamiyat
1266 0

29-iyun kuni Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga 46 yoshli Nadeja V. murojaat qildi. Arizachi uning sumkasidan 3.700 AQSH dollari yoʻqolganini maʼlum qildi.

Oʻtkazilgan tekshiruv davomida enaga boʻlib ishlovchi 29 yoshli Malika M. pullarni oʻgʻirlaganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер