Toshkentda elektrobus va Nexia-3 oʻrtasida YTH sodir boʻldi

12:24 05 Sentyabr 2023 Jamiyat
563 0

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 17:20 da, «1-Avtobus saroyi” filiali haydovchisi A.D (1995-yilda tugʻilgan) “Yutong” rusumli, saroy raqami 020-boʻlgan elektrobusni 28-yoʻnalishda Shayxontohur tumani, A.Navoiy koʻchasida maxsus A yoʻlak boʻylab boshqarib borayotgan vaqtda, elektrobusning chap tarafida harakatlanib ketayotgan “Nexia-3» rusumi davlat raqami 01|S 103 DB boʻlgan yengil avtomobil yoʻl harakati qoidasini qoʻpol ravishda buzib, yoʻlning 2-qatnov qismidan harakatini keskin oʻngga burib, xavfli holatni keltirib chiqargan. “Nexia-3» rusumi yengil avtomobilning ushbu keskin xatti-harakati(manyovri) natijasida boʻladigan yoʻl-transport hodisasini oldini olish maqsadida, elektrobus haydovchisi A.D keskin tormoz olishga majbur boʻlgan. Natijada elektrobus salonida tik turgan holda ketayotgan yoʻlovchilardan biri (shaxsi hozircha maʼlum emas) yiqilgan. Yoʻlovchiga tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida, tez yordam chaqirilgan va elektrobus chiptachisi hamrohligida yoʻlovchi shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda mazkur yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan boʻlib, xizmat surishtiruvi oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер