Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Cobalt transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu yilning 14-may kuni soat 22:00 larda Uchtepa tumani 30-mavze 36-uy qarshisida sodir boʻlgan. 31 yoshli N.G'.ga tegishli Cobalt rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring