Toshkentda Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi oʻz ishini boshladi
Bugundan Toshkentda professional boks olamidagi eng nufuzli tashkilot — Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi oʻz ishini boshladi.
Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida mazkur tadbirning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu yirik tashkilotning bunday tadbiri nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bor tashkil etilmoqda. Unda dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan delegatlar ishtirok etyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring