Toshkentda bir nechta doʻkon yonib ketdi

16:01 10 Avgust 2024 Jamiyat
576 0

Foto: Videodan kadr

Bugun, 10-avgust kuni soat 14:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi eski doʻkonlardan biri yonib ketdi. Oqibatda boshqa doʻkonlarga ham yongʻin oʻtgani aytilmoqda.

Toshkent shahar FVB xabariga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari manzilga soat 14:08 da yetib borib, yongʻin soat 14:29 da oʻchirilgan. Shuningdek, rasmiylar hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻqligi aytilmoqda.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер