Toshkentda bir-biriga tutash 4 ta uyda yongʻin yuz berdi
Foto: Telegram
Toshkent shahri Olmazor tumanida bir-biriga tutash 4 ta xonadonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 5-iyun kuni soat 06:27 da Olmazor tumani Farobiy 4-tor koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yongʻin qurshab olgan va 07:34 toʻliq oʻchirilgan.
Aniqlanishicha, manzildagi shaxsiy xonadonlar bir-biriga tutash boʻlgani sababli yongʻin oqibatida 4 ta xonadon yonib zararlangan.
FVVga koʻra, baxtsiz hodisa yuz bergan xonadonlardan birida yoqilgʻi moylash mahsuloti saqlangani taxmin qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring