Toshkentda bepul Wi-Fi taqdim etuvchi operator faoliyat boshladi

17:25 17 Dekabr 2018 Jamiyat
2737 0

17 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida SOLA brendi ostida yangi telekommunikatsion Wi-Fi operatori taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar bermoqda.

Wi-Fi tarmogʻini tarqatishga moʻljallangan mazkur operator Asia Wireless Group kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Tarmoq ayni vaqtda bepul tarifdan tashqari pullik tariflarni ham taklif qilmoqda. Bepul Wi-Fi tarqatilganda foydalanuvchi avvaliga operator tomonidan taqdim etilgan reklamani koʻrishi kerak boʻladi. Reklamalardan xoli tarmoqni esa pullik xizmat orqali sotib olish mumkin.

Kompaniya direktori Behzod Ahmedovning taʼkidlashicha, SOLA tarmogʻi ayni vaqtga qadar Toshkent shahrining Janubiy va Shimoliy vokzali, “Samarqand Darvoza”, “Mega Planet”, “Parus”, “Vega Centre” kabi koʻngilochar savdo markazlari, “Chilonzor”, “Qatortol”, “Yunusobod” va “Parkent” bozorlari ishlamoqda. Kelgusida bu kabi hududlar yanada kengaytirilishi kutilmoqda.

Kompaniya yaqin rejalariga koʻra, Oʻzbekistoning sayyohlik oqimi yuqori boʻlgan shaharlarida bepul Wi-Fi tarmoqlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер