Toshkentda bayram kunlari asosiy koʻchalardan biri yopiladi

12:04 19 Mart 2026 Jamiyat
236 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy koʻchasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr-gastro turizm koʻchasida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Xalq sayli” tadbiri oʻtkaziladi. Shu bois koʻchaning Al-Xorazmiy aylanma yoʻli qismidan 2-Qatortol koʻchasigacha boʻlgan qismi 20-mart soat 15:00 dan 21-mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Hokimlik haydovchilardan yoʻnalishlarini rejalashtirish chogʻida ushbu holatni inobatga olishini va muqobil harakat yoʻnalishlaridan foydalanishini soʻragan.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va tushunganingiz uchun minnatdormiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер