Toshkentda ayol farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib videoga oldi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol oʻz farzandi hayotini xavfga qoʻyib, uni 7-qavat derazasidan chiqarib turgani aks etgan video tarqaldi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu holat Toshkent shahrida 24 yoshli ayol tomonidan sodir etilgan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 2001-yilda tugʻilgan N.K. Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasi hududida voyaga yetmagan farzandini 7-qavatdagi uyining derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda ushbu videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Hozirda N.K.ning ruhiy holatini tekshirish maqsadida u ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Shuningdek, IIBB ayolning voyaga yetmagan farzandiga zarar yetmagani hamda u yaqin qarindoshi qaramogʻiga topshirilganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring