Toshkentda avtobus yoʻnalishlari boʻyicha qator oʻzgartirishlar kiritildi

11:06 02 Avgust 2024 Jamiyat
584 0

Toshkent shahar jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida 2-avgust kunidan boshlab, avtobus yoʻnalishlari boʻyicha qator oʻzgarishlar kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • 28-sonli Yangiobod mavzesi—Tibbiyot akademiyasi yoʻnalishda oʻta katta sigʻimli King Long rusumli avtobuslar;
  • 32-sonli Sergeli 6a-mavzesi—Gulobod koʻchasi yoʻnalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
  • 119-sonli Qoʻyliq 1-mavzesi—Yunusobod dehqon bozori yoʻnalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
  • 121-sonli Yunusobod mavzesi 9-daha—Chinni bozori yoʻnalishda oʻta katta sigʻimli King Long rusumli avtobuslar;
  • 156-sonli Qipchoq metrosi—Gʻalaba mahallasi yoʻnalishda MAN rusumli avtobuslar;
  • 174-sonli Jumabozor qoʻrgʻoni—Aviasozlar ASHB yoʻnalishda Yutong CNG rusumli avtobuslar bilan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер