Toshkentda “Abu Saxiy” bozoriga bepul elektr avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

08:01 14 Dekabr 2021 Jamiyat
2623 0

Toshkentda “Abu Saxiy” bozoridan “Chilonzor” metro bekatigacha boʻlgan bepul elektrobuslar yoʻlga qoʻyildi.

Qayd etilishicha, transport “Chilonzor” metro bekati, Shuhrat koʻchasi, Toshkent avtovokzallari va turar-joy massividan oʻtadi.

“Abu Saxiy” bozor maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Xitoydan olib kelingan avtomobil konditsioner va nogironlar uchun maxsus jihozlar bilan jihozlangan.

Shuningdek, kelgusida yana bir qancha elektrobuslar xarid qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер