Toshkentda 7 ta “Hotdogger” nomli koʻchma savdo shoxobchalari elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanganligi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “L.S.G.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining aholi gavjum hududlarida 7 ta “Hotdogger” nomli koʻchma savdo shoxobchalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulab, jami 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring