Toshkentda 6ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

17:47 29 May 2023 Jamiyat
819 0

Foto: YHXB

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi

Xabarda ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 may kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

To‘qnashuv «Malibu-2», BYD SONG, «VAZ-2105», «Lacetti», «Nexia-3» rusumli yengil mashinalar va «ZIL» rusumli yuk mashinasi ishtirokida ro‘y  bergan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер