Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 4 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 26-avgust kuni soat 14:30 larda Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida “Zeekr”, “Matiz”, “Vaz-2105” va “Nexia-2” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida “Zeekr” avtomashinasi haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Bundan tashqari oʻsha kuni soat 20:30 larda Chilonzor tumani Seul koʻchasida skuter va “Nexia-3” ishtirokida toʻqnashuv roʻy bergan. Oqibatda skuter haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilishiga toʻgʻri kelgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring