Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik soxta “QR” kodli alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatib qolindi
Toshkent shahrida soxta “QR” kod markirovkali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “E.D.”, “V.N.” va “D.S.” MCHJlarni norasmiy boshqarib kelgan 2 nafar fuqaro savdo doʻkonlarida umumiy bahosi 1,7 milliard soʻmlik 21 244 dona soxta “QR” kod markirovkali alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganliklari fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring