Toshkentda 17 ming litrdan ziyod neft mahsuloti noqonuniy va qoidalarga zid ravishda saqlanayotgani aniqlandi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Energetika vazirligi huzuridagi «Oʻzneftgazinspeksiya» va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sergeli tumanidagi “Yuqori Darxon” MFY hududida joylashgan avtoturargohda 17 295 litr neft mahsuloti (dizel yonilgʻisi) noqonuniy va qoidalarga zid ravishda saqlanayotganligi maʼlum boʻldi.
Ushbu neft mahsulotidan sifat tahlillari oʻtkazish uchun namunalar olinib «Oʻzneftgazinspeksiya» Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga yuborildi.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring