Toshkentda 14,2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

12:14 19 Fevral 2024 Jamiyat
201 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Mirzo Ulugʻbek va Qibray tumanlari gaz taʼminoti boʻlimi masʼul shaxslari hududdagi gaz quvurlariga ulanish ahvolini oʻz vaqtida koʻzdan kechirib, oʻrganish ishlarini olib bormaganliklari oqibatida “M.O.” MCHJ rahbari О.Х. va boshqalar tomonidan “Doʻstlik” MFY hududidagi yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga yashirincha ulanib, MCHJ issiqxonasida tabiiy gazdan yashirincha foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 14,2 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер