Toshkentda 10 dan ortiq avtomobillar ishtirokida YTH sodir boʻldi

10:31 13 Yanvar 2023 Jamiyat
600 0

2023-yil 12-yanvar kuni soat 20:40 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasida noqulay ob-havo sharoiti va yetarlicha oraliq masofani saqlamaslik oqibatida:

— 2 ta “Nexia 3”;

— 2 ta “Nexia 1”;

— 1 ta “Mercedes-Benz”;

— 1 ta “Best tune T 33”;

— 1 ta “Damas”;

— 5 ta “Matiz”;

— 2 ta “Spark”;

— 1 ta “Kia K5”;

— 1 ta “Volkswagen” rusumli yengil avtomobillar hamda 1 ta “Isuzu” rusumli yuk avtomobili, jami 17 ta transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

YTH natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan boʻlib, ular hozirda shifokorlar nazoratida.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер