Toshkentda 1 milliard soʻmdan ortiq qiymatdagi tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Toshkent shahrida tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi, deb xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.
Mutaxassislar Yangihayot tumanida joylashgan gumonlanuvchining xonadonini koʻzdan kechirishdi. Natijada u yerda 38 turdagi 3 613 dona tibbiy buyum noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlandi.
Reyd davomida murakkab jarrohlik amaliyotlarida qoʻllaniladigan, jumladan, hayotiy muhim va yuqori xavfli tibbiy buyumlar toifasiga kiruvchi stent va kateterlar musodara qilindi.
Olib qoʻyilgan tibbiy buyumlarning umumiy qiymati 1,1 milliard soʻmdan oshadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring