Toshkent viloyatida koʻprikning bir qismi qulab tushdi
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Yangiyoʻl tumanida shikastlangan koʻprik yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan D 022 “Nurafshon sh. — Oqqoʻrgʻon sh. — Yangiyoʻl sh.” avtomobil yoʻlining 58 kilometrida joylashgan koʻprikning bir qismi shikastlangan.
“Hozirda koʻprik tegishli tashkilotlar va Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga olingan boʻlib, harakat ishtirokchilarini xavfsiz harakatlanish choralari koʻrildi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, hodisa sodir boʻlgan vaqtda koʻprikda fuqarolar va transport vositalari boʻlmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring