Toshkent viloyatida “Uzum sayli” xalqaro festivali boʻlib oʻtadi
Toshkent viloyatining eko va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali boʻlib oʻtadi.
Ushbu tadbir Turizm qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilinmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi - sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yoʻnalishida tajriba almashinish, eko turizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan.
Festivalda Respublikaning 12 ta viloyatidan fermer xoʻjaliklari, ekoturizm yoʻnalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi. Har bir hudud oʻz eko, agro, gastroturizm salohiyatini namoyish etadi.
Tadbirda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, biznes loyihalar, ekoturizm va uzumchilik sohasida erishilgan natijalar taqdimoti oʻtkaziladi.
Tadbirning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada sanʼatkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va anʼanalarini aks ettiruvchi keng koʻlamli madaniy dastur oʻrin olgan.Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-16-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga turistik tashkilotlar, mehmonlar, sayyohlar va mahalliy aholi taklif etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring