Toshkent viloyatida qarzi evaziga fuqaroga qalbaki AQSH dollari bergan shaxs ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.R.dan olgan qarzi evaziga qalbaki 3 200 AQSH dollarini berganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring