Toshkent viloyatida Olmaliq shahridagi Togʻ-kon metallurgiya kombinatiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro М.А. 2 nafar fuqaroning ishonchga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Olmaliq shahridagi Togʻ-kon metallurgiya kombinatiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 1 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring