Toshkent viloyatida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotini muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:06 17 May 2024 Jamiyat
537 0

Toshkent viloyati Bekobod tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Qoʻrgʻon MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.A. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, qoʻlbola moyjuvoz uskunasida yogʻ mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, ushbu xonadonda 800 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti, 520 kg. paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер