Toshkent viloyatida fuqaro mashinasidan rezina tayoq, “bita” va “kastet” topildi

13:12 26 Iyul 2025 Jamiyat
405 0

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida toʻxtatilgan “Lasetti” avtomobilidan turli insonga jarohat yetkazishi mumkin boʻlgan buyumlar topildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Boʻstonliq tumanida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbiri doirasida tashkil etilgan mobil postda YPX inspektori tomonidan toʻxtatilgan “Lasetti” avtomashinasi tekshiruvdan oʻtkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida mashina yukxonasidan rezina tayoq, “bita” va “kastet” kabi insonga jarohat yetkazishi mumkin boʻlgan vositalar aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mashina boshqaruvida boʻlgan fuqaro va buyumlar qonuniy chora koʻrish uchun tuman IIBga topshirilgan.

Avvalroq “Qoradori” tadbirlarida 77 ta qurol musodara qilingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер