Toshkent viloyatida fotoradar oʻrnatilgan mashina YTHga uchradi
Foto: Toshkent viloyat IIBB YHXB
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida IIO xodimi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-iyul kuni soat 17:30 larda Olmaliq shahri hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida yuz bergan. Oʻsha kuni 24 yoshli Sh.I. (Rossiya fuqarosi) “Lacetti” avtomobilida oraliq masofani saqlamasdan, oʻzidan oldindagi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan piyodaga yoʻl berish uchun toʻxtagan haydovchi 34 yoshli Y.N. boshqaruvidagi (IIO xodimi) “Cobalt” rusumli (fotoradar oʻrnatilgan) avtomobilni orqa qismiga kelib urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
“Ushbu yoʻl transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Transport vositalari texnik shikastlangan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring