Toshkent viloyatida eshak goʻshti va terilari topildi

15:50 10 Fevral 2025 Jamiyat
425 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi xonadonlarning biridan eshak hayvoni terisi va goʻsht mahsulotlari topilgani aytilgan videoxabar tarqaldi. Viloyat IIBB matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga koʻra, Toshkent viloyati IIBB Karantin tadbirlarini tashkil etish boʻlinmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan, aholini xavfsiz oziq-ovqat bilan taʼminlash yoʻnalishida nazorat tadbirlari faol davom ettirilmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri Nurafshon shahrida davom ettirilgan, unda eshak terilari va goʻsht mahsulotlari aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Tekshiruvlar yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi aytildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер